Oltinko‘lda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadallashmoqda
2026-07-10 17:45:00 / Yangiliklar

Oltinko‘l tumanida ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Markaz mahallasining Chinobod ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududidagi ichki yo‘laklar asfaltlanib, ko‘cha yoritgichlari ta’mirlanmoqda. Shuningdek, beton to‘siqlar va bolalar maydonchalari bo‘yalib, hududda obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish bilan birga, fuqarolarning mamnunligiga ham xizmat qilmoqda.









