Murojaatlar tizimi – jamiyat taraqqiyotining muhim omili
2026-07-10 18:20:00 / Yangiliklar

Oltinko‘l tumani hokimi Otavulloxon Rasulov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning uy-joylarni ta'mirlash, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam ajratish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mas'ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.









