Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazorat qilindi
2026-07-13 08:05:00 / Yangiliklar

Oltinko‘l tumani hokimi O. Rasulov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Markaz mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Jarayonda olib borilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini oshirish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









