“Hokim olimpiadasi”da qizlar gandboli: shijoat va g‘alaba
2026-02-01 12:00:00 / Yangiliklar
Oltinko‘l tumanida “Hokim olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida gandbol sport turi bo‘yicha 13–14 yosh toifasidagi qiz bolalar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Andijon viloyatidagi barcha tuman shahar jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdilar. Qiziqarli va
murosasiz bahslar natijasida jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin — Qo‘rg‘ontepa jamoasi
2-o‘rin — Oltinko‘l jamoasi
3-o‘rin — Jalaquduq jamoasi
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oltinko‘l tumani hokimiyati vakillari, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy bo‘limi rahbari ishtirok etdi.
Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda gandbol sport turini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.










