Oilaviy ajrimlarning oldini olish — ustuvor vazifa
2026-11-18 15:00:00 / Yangiliklar
Oilaviy ajrimlarning oldini olish — ustuvor vazifa
Oltiariq tumani hokimligida oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish masalalariga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi A.Ruzmatov, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği X.Atajonova, tuman prokurori R.Tillayev, IIB boşliği Z.Ergaşev, Adliya bölimi boşliği A.Ergaşev, "Nuroniy" jamğarmasi raisi K.Parmonov, imom-xatiblar, otinoyilar, xotin-qizlar faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tumandagi oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq holatlar, ularning kelib chiqish sabablari va mavjud muammolar tahlil qilindi. Shuningdek, oilalarni saqlab qolish, ayniqsa, yosh oilalarda o‘zaro hurmat, ishonch va mas’uliyatni mustahkamlash, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, tuman rahbarlari iştirokida ajrim yoqasidagi 10 nafar oilalar muhokama qilindi. Şundan 2 nafar oila yaraştirildi, 4 nafar oilaga muddat berildi. Qolgan oilalarga xulosa berildi.
So‘zga chiqqanlar oila jamiyatning muhim tayanchi ekanini ta’kidlab, oilaviy muammolarni faqat ajrim bosqichiga yetgandan keyin emas, balki ularning dastlabki belgilari namoyon bo‘lganidayoq bartaraf etish zarurligini qayd etdilar.
Yig‘ilish yakunida har bir mahallada oilaviy muhitni chuqur tahlil qilish, muammoli va ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual tartibda ishlash, ularni yarashtirish choralarini kuchaytirish hamda mas’ullar faoliyatini aniq vazifalar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi.










