SIRDARYOLIKLAR OLTIARIQNING ILĞOR TAJRIBASI BILAN TANIŞDILAR
2026-11-03 16:00:00 / Yangiliklar
SIRDARYOLIKLAR OLTIARIQNING ILĞOR TAJRIBASI BILAN TANIŞDILAR
Sirdaryo viloyati şahar va tumanlarining hokim örinbosarlari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliqlaridan iborat delegatsiya Oltiariq tumaniga taşrif buyurdi.
Mehmonlarni Zilol mahallasida joylaşgan «Oltiariq agrostar» agromajmuasida tuman Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Xilola Atajonova boşçiligidagi tuman vakillari kutib oldi.
Taşrif davomida delegatsiya a’zolari agromajmua faoliyati, uzum yetiştiriş, hosilni sovutkiçli omborlarda saqlaş va qadoqlaş, eksportbop uzum navlarini yaratiş, issiqxonada uzum yetiştiriş va köçat tayyorlaş şuningdek, aholi tomorqalari va boğlarida tuproq tarkibini laboratoriya tahlilidan ötkaziş jarayonlari bilan tanişdilar.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlaş, tomorqadan samarali foydalaniş va uzumçilikni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Muloqot davomida mehmonlar özaro tajriba almaşib, qişloq xöjaligida tadbirkorlikni rivojlantiriş, agrar sohada xotin-qizlar iştirokini kengaytiriş hamda istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.







