“Payshanba — yoshlar kuni”
2026-10-22 11:30:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumani Yoshlar markazida rahbarlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda viloyat prokurori, viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i, viloyat soliq boshqarmasi rahbari, viloyat hokimligi vakillari hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes loyihalarini amalga oshirish hamda kredit va imtiyozlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini hal etish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.






