Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-10-22 14:00:00 / Hokim qabullari
Joriy yilning 22-oktabr kuni Oltiariq tumani hokimligi tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, fuqarolar murojaatlariga bevosita yechim topish maqsadida Oltiariq tumani Zilha MFY binosida Tegirmonboshi va Navqiron mahalla fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan elektr, toza hududga, davolanishga yordamga oid murojaatlar bildirildi.
Tuman hokimligi har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qabulda ishtirok etgan mas’ul idora va tashkilot vakillariga ko‘tarilgan masalalarni qat’iy nazoratga olish va belgilangan muddatlarda ijobiy hal etish vazifasi yuklatildi.



