Giyohvandlikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-10-22 10:00:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumani 3-son texnikumida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» doirasida giyohvandlik va giyohvand moddalar iste’molining oldini olishga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman IIB hamda Tibbiyot birlashmasi mas’ullari, texnikum talabalari va ustozlar ishtirok etdi.
Muloqotda giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, uning ayanchli oqibatlari, yoshlar o‘rtasida ushbu illatning oldini olish, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarni zararli odatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
«Kasbim — faxrim» shiori ostida tashkil etilgan davra suhbati savol-javoblarga boy bo‘lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



