“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-10-22 10:00:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumani 1-son texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda “Tumangazta’minot” bo‘limi boshlig‘i G‘.Mirzahamdamov hamda elektr ta’minoti korxonasi rahbari A.Marajapov ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ilm-fan, madaniyat va sportga keng jalb etish, kasbga yo‘naltirish hamda kelajak uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.

