Tuman hokimligining navbatdagi qabuli
2026-10-15 14:00:00 / Hokim qabullari
Oltiariq tumani hokimligi tomonidan Rahbar qabulini so‘rab murojaat qilgan fuqarolar va aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, fuqarolar murojaatlariga bevosita yechim topish maqsadida Oltiariq tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan moddiy yordam, pensiya, davolanish, uy joy ta‘miri, bandlik masalasiga oid murojaatlar bildirildi.
Tuman hokimligi har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qabulda ishtirok etgan mas’ul idora va tashkilot vakillariga ko‘tarilgan masalalarni qat’iy nazoratga olish va belgilangan muddatlarda ijobiy hal etish vazifasi yuklatildi.

