Oltiariq tumanida Kiberjinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri
2026-09-25 13:00:00 / Yangiliklar
Farg‘ona viloyati IIB Birinchi mintaqaviy hudud Oltiariq tumani ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika katta inspektori tomonidan tuman hududida kiber targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda kiberjinoyatchilik va moliyaviy firibgarlikning oldini olish masalalari tushuntirildi. Xususan, Telegram orqali kelgan APK fayllarni ochmaslik, notanish qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik, SMS orqali shaxsiy ma’lumotlarni bermaslik kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, fuqarolarning mobil qurilmalariga «APK-Qo‘riqchi» ilovasi o‘rnatilib, ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. hamda, onlayn qimor o‘yinlaridan yiroq bo‘lish va “pulni ko‘paytirish” kabi firibgarlik xabarlariga ishonmaslik lozimligi aytildi.

