IJODKOR YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV
2026-09-21 14:00:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni adabiyot va kitobxonlikka yanada keng jalb etishga qaratilgan mazmunli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Akramjon Azizov maktabda ta’lim olayotgan ijodkor o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi.
Muloqot davomida yosh ijodkorlar adabiyot, she’riyat va ijod jarayoni bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, shoirning hayotiy va ijodiy tajribasidan qimmatli fikrlar oldilar. Suhbat o‘quvchilarning ijodga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mustaqil fikrlash va o‘z iste’dodlarini rivojlantirishlari uchun muhim turtki bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida Akramjon Azizov o‘z qalamiga mansub kitoblarni maktab kutubxonasiga tuhfa qildi.

