GIYOHVANDLIK — KELAJAKKA TAHDID!
2026-09-21 10:00:00 / Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani MMTB tasarrufidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Maktabda tashkil etilgan “Giyohvandlikka qarshi kurashish” burchagida o‘quvchilarga mavzuga oid qisqa videorolik namoyish etildi.

