Raddiya
2026-09-18 15:00:00 / Rasmiy Munosabatlar
Raddiya
Ijtimoiy tarmoqda Oltiariq tumanida tashkil etilgan Matbuot tadbirlari ayrim blogerlarni ogohlantirmasdan boshqa manzilga ko‘chirilgani da’vo qilingan murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Matbuot anjumani va Press-tur belgilangan vaqtda, ko‘rsatilgan joylarda o‘tkazildi.
Rasmiy telegram kanalida berilgan e’londa ham tuman hokimligi binosi ko‘rsatilmagan.
Bo‘lib o‘tgan Matbuot tadbirlarida Respublika hamda viloyat telekanallari, markaziy va mahalliy gazetalarning muxbirlari, jurnalist va blogerlar faol ishtirok etdilar.
Tadbirda qatnashish e’lon orqali, ihtiyoriy bo‘lgan, alohida taklifnoma tarqatilmagan.
Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmati.

