Yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-09-17 15:40:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumani MMTBga qarashli 4-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman MMTB boshlig‘i Z.Latipov hamda tuman IIB boshlig‘i Z.Ergashev ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirish, kasb-hunar egallash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.
Savol-javob qismida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol va takliflarini bildirdilar. Tuman hokimi yoshlarning murojaatlarini tingladi.
Shuningdek, turli yo‘nalishlarda yutuqlarga erishgan o‘quvchilarga hokimning esdalik sovg‘alari topshirildi.

