Armaniston Respublikasidan kelgan mehmonlar “Oltiariq-Agro Star” MChJning “Agrokompleks” majmuasiga tashrif buyurdilar.
2026-09-11 11:20:00 / Yangiliklar
Armaniston Respublikasidan kelgan mehmonlar “Oltiariq-Agro Star” MChJning “Agrokompleks” majmuasiga tashrif buyurdilar.
“Oltiariq-Agro Star” MChJ direktori U.Bozorov Armaniston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiy rivojlanish bo‘limi, ACBA FEDERETION ARMENIA, GIZ ARMENIA, Viniran Armeniya kompaniyalari xodimlari va 2 nafar tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Mehmonlarga davlatimiz rahbarining qarori asosida tashkil etilgan “Oltiariq-Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, “Agrokompleks” majmuasida amalga oshirilgan “Uzumchilik maktabi”, fitosanitariya laboratoriyasi, uzum plantasiyasi va sovutish omborxona faoliyati bilan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida “Oltiariq-Agro Star” MChJ tomonidan Armaniston Respublikasida “Agrokompleks” majmuasi tashkil etishga ko‘maklashish va Armaniston Respublikasidan uzumni qayta ishlash texnologiyasini olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

