Oltiariq tumanini "Korrupsiyadan holi hudud"ga aylantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
2026-08-21 13:05:00 / Yangiliklar

Tuman hokimligida o'tkazilgan yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mas'ul hodimlari R.Yuldashev, U.Saidov, tuman hokimining 1-o'rinbosari A.Ruzmatov, korxova va tashkilotlar raxbarlari, huquqni muxofaza qiluvchi organlar mas'ullari, tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi vakillari ishtirok etishdi.
Yi'g'ilishda so'zga chiqqan Agentlik mas'ullari tumanini "Korrupsiyadan holi hudud"ga aylantirish, aholi orasida unga qarshi murosasiz muxitni yaratish bo'yicha chora-tadbirlar Dasturining ijrosi, sohada erishilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklarga batafsil to'xtalib o'tdilar.
Tuman hokimining 1-orinbosari A.Ruzmatov kelgusi to'rt oy mobaynida amalga oshiriladigan vazifalarga to'xtalib o'tib, Dastur doirasida mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
