Ishlab chiqarish salohiyatini oshirish — yangi loyihalarga zamin
2026-08-07 14:35:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev sanoat korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi loyihalarni amalga oshirish jarayonlari bilan tanishmoqda.

Sharq MFYda joylashgan «JR-setka» xususiy korxonasida bugungi kunda 50 ga yaqin turdagi setka, to‘r, sim va yevro devor mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar Markaziy Osiyo davlatlariga ham eksport qilinmoqda.
