Yangi platformaning imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi
2026-08-06 15:50:00 / Yangiliklar
"Xalq nazorati" platformasining faoliyati va uni samarali yuritish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Elektron hukumatni rivojlantirish markazi mutaxassislari, tuman hokimligi hamda tashkilot va muassasalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Yangi platforma jamoatchilik nazorati mexanizmini yaratish, aholi muammolariga tezkorlik bilan munosabat bildirish, ularni o‘z vaqtida va shaffof o‘rganilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilayotgani taʼkidlandi.

Seminarda platformani yuritish, platforma orqali kelib tushadigan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga o‘rinli javob qaytarish, ijro intizomini ta’minlash hamda amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’lumot va tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar platforma faoliyati haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
