Qurilish ob’yektida nazorat tadbiri o‘tkazildi
2026-08-06 06:30:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumani hokimining o‘rinbosari M.Pirmatov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Hamid Olimjon MFY hududida Investitsiya dasturi asosida barpo etilayotgan 36-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ob’yektida nazorat-o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining amaldagi qurilish me’yorlari va sanitariya qoidalari talablariga muvofiqligi, ob’yektdagi sanitariya holati, qurilish chiqindilarini o‘z vaqtida bartaraf etish va ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, qurilish jarayonida xavfsizlik va sanitariya talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga zarur tushuntirishlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli ogohlantirish va ko‘rsatmalar berildi.
