Sanoatni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi
2026-08-05 10:25:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumani hokimi Sh. Turdaliyev tegishli mutaxassislar bilan birgalikda sanoat korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan "Mega Poligraf" MChJda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari ko‘zdan kechirildi. Korxona faoliyatini ichki va tashqi bozor talablari asosida yanada takomillashtirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va raqobatbardosh ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari yuzasidan mas'ullar bilan atroflicha fikr almashildi.
