Oltiariq tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
2026-08-03 09:05:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumanida IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik oyligi doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar davomida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, mol-mulkni ishonchli qo‘riqlashning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
