"Oltiariq uzumlari"ning eksport mavsumi boshlandi
2026-07-09 10:00:00 / Yangiliklar

Uzumchilik tuman iqtisodiyotining asosiy drayver sohalaridan biri sifatida aholi bandligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish va daromad manbalarini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni kunlarda ertapishar uzum hosili pishib yetilishi bilan eksport mavsumiga ham start berildi.
Oltiariqlik bog‘bonlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina va Polsha kabi qator davlatlar bozorlariga yetkazib berilmoqda. Eksport geografiyasi yildan yilga kengaymoqda.
Tumanning Chordara mahallasida istiqomat qiluvchi tajribali bog‘bon Hasanboy Mamatqulov xonadonida ham ixcham uzumzor barpo etilgan. Ayni paytda bu yerda yetishtirilgan mashhur “Rizamat ota” navining pishib yetilgan hosili eksport uchun yo‘naltirilmoqda.
