Oltiariq tumanida davlat tili me’yorlariga rioya etish masalalari muhokama qilindi
2026-07-07 16:30:00 / Yangiliklar

Oltiariq tumanida davlat tili me’yorlariga rioya etish masalalari muhokama qilindi
Oltiariq tumanida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, tuman hokimligi xodimlari va mas’ul tashkilot vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimligining qaror va farmoyishlari, ish yuritish hujjatlari, tashqi yozuvlar, reklama vositalari va peshlavhalarida davlat tili me’yorlariga rioya etilishi muhokama qilinib, aniqlangan imloviy va uslubiy xatolarni bartaraf etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan to‘liq foydalanish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy amal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Muloqot yakunida davlat tilining nufuzini yuksaltirish va adabiy til me’yorlariga izchil rioya etish barchaning ustuvor vazifasi ekani ta’kidlandi.
M.Axmedov,
Oltiariq tumani hokimining maslahatchisi.
