Oltiariq tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
2026-07-06 10:20:00 / Yangiliklar
Oltiariq tumanida IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik oyligi doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Oltiariq tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Oltiariq tumanida IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik oyligi doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, mol-mulkni ishonchli qo‘riqlashning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, fuqarolarga Qo‘riqlash xizmatining imkoniyatlari, zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari va markazlashgan qo‘riqlash xizmatiga ulanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bunday profilaktik tadbirlar aholi o‘rtasida huquqiy ongni yuksaltirish hamda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
