Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-09 13:00:00 / Hokim qabullari
Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev va tuman IIB boshlig‘i F.Rahmonovlar tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, fuqarolar murojaatlariga bevosita yechim topish maqsadida Oltiariq tumani Povulg‘on MFY binosida Toshobod va Yangichek fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev va tuman IIB boshlig‘i F.Rahmonovlar tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, fuqarolar murojaatlariga bevosita yechim topish maqsadida Oltiariq tumani Povulg‘on MFY binosida Toshobod va Yangichek fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, elektr, ichki yo‘llarni asfaltlashtirishga oid murojaatlar bildirildi.
Tuman hokimligi har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qabulda ishtirok etgan mas’ul idora va tashkilot vakillariga ko‘tarilgan masalalarni qat’iy nazoratga olish va belgilangan muddatlarda ijobiy hal etish vazifasi yuklatildi.
