Oltiariq tumani hokimining o‘rinbosari M.Pirmatov mutaxassislar ishtirokida Alisher Navoiy MFYda qurilayotgan 7 qavatli, 33 xonadonli ko‘p qavatli turar joy binosida olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rganib, monitoring o‘tkazdi.
2026-06-11 10:50:00 / Yangiliklar
Jarayon davomida quruvchi tashkilot rahbari va ishchi-xodimlari bilan suhbat tashkil etilib, qurilish ishlarini belgilangan muddat va sifat talablari asosida olib borish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, pudratchi tashkilot mas’ullariga qurilish me’yoriy qoidalariga qat’iy rioya etish, texnika xavfsizligini ta’minlash hamda mehnat muhofazasi talablariga amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.