press-tur
2026-03-16 11:10:00 / Matbuot anjumanlari

Oltiariq tumanida qishloq xo‘jaligi sohasi, jumladan fermerlik, bog‘dorchilik hamda dehqon xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan bahorgi agrotexnik tadbirlar bilan tanishish maqsadida amaliy seminar va press-tur tashkil etildi.
Tadbirda mahalliy va viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida paxtachilikda bahorgi agrotexnik tadbirlar, chigit ekishga yer tayyorlash jarayonlari, sabzavot ekinlari ekish, shuningdek issiqxona xo‘jaligini samarali yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritildi. Ushbu yo‘nalishlar viloyat rahbarlari va soha mutaxassislari tomonidan tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tumanda qo‘lga kiritilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, sohada samaradorlikni oshirish yuzasidan mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Bunday amaliy tadbirlar qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, tajriba almashish va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.
