Oltiariq tumani 2-son texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot va “Sayyor qabul” tashkil etildi
2026-03-12 13:05:00 / Yangiliklar

Hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Islomov mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashev tomonidan huquqiy sohadagi yangiliklar, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgarishlar haqida tushuncha berildi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
“Sayyor qabul” jarayonida ish bilan ta’minlash, salomatlikni tiklash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bank kreditlariga doir murojaatlar ko‘rib chiqildi. Masalalarni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha mas’ullariga tegishli vazifalar yuklatildi.
