“Vatan tayanchi”
2026-02-18 17:25:00 / Yangiliklar

Oltiariq tumani MMTB tasarrufidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Vatan tayanchi” otryadi jamoasi Katput MFY hududida joylashgan 9229-harbiy qismda o‘tkazilgan musobaqada faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuq o‘quvchilarning jasorati, jipsligi va yuksak vatanparvarlik ruhining yorqin ifodasidir. Bunday tadbirlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, burchga sadoqat va jasorat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
