Madad” NNT va Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
2026-02-17 12:30:00 / Yangiliklar

🔹 Mazkur Memorandum aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish, mahalliy Kengashlar qarorlari va dasturlar loyihalarini birgalikda tayyorlash, Kengash kotibiyati xodimlarining malakasini oshirib borish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida imzolandi.
🔹 Tomonlar aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish, xususan deputatlarning okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarida birgalikda ishtirok etishga, Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari, boshqa tadbirlar tashkil etish, mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishiga ko‘maklashish va aholi o‘rtasida huquqiy ma’rifat hamda axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda o'zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi
