Hurmatli Olmazor tumani aholisi!
2026-10-21 14:55:00 / Yangiliklar

Hurmatli Olmazor tumani aholisi!
Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Olmazor tumani hokimi hamda tuman hokimi o‘rinbosarlarining fuqarolar qabullari o‘tkaziladi.
Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
— Haftaning har payshanba kuni 10:00–12:00 gacha Olmazor tumani hokimining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har dushanba kuni 15:00–17:00 gacha Olmazor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har chorshanba kuni 10:00–12:00 gacha Olmazor tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har payshanba kuni 10:00–12:00 gacha Olmazor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har seshanba kuni 10:00–12:00 gacha Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har juma kuni 15:00–17:00 gacha Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar, ushbu qabul kunlarida o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.
Obyektiv sabablar tufayli shaxsiy qabullar o‘tkazish imkoni bo‘lmaganda, qabul boshqa kunda navbatdan tashqari tashkil etiladi va belgilangan tartibda oldindan e’lon qilinadi.
