G‘alaba bilan qaytgan yosh sportchilar taqdirlandi
2026-10-09 15:35:29 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan Italiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, yurtimizga g‘alaba bilan qaytgan «Billur» sport klubining yosh kikbokschilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Olmazor tumani hokimi K. Tulyaganov, mutasaddi rahbarlar va tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Samimiy muloqot davomida 6 nafar yosh sportchilarning xalqaro musobaqadagi ishtiroki va erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Xususan, 17–29-sentabr kunlari Italiyaning Jesolo shahrida o‘tkazilgan kikboksing bo‘yicha jahon chempionatida:
Sodiqov Fuzayl Umid o‘g‘li 17–18 yosh toifasida 67 kg vazn toifasida Jahon chempioni bo‘ldi;
Erkinov Yusuf 13–15 yosh toifasida 37 kg vazn toifasida jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Muloqot davomida sportchilarning kelgusidagi faoliyati, yangi marralarni zabt etish rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Tuman hokimi tomonidan jahon chempionatida munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh sportchilar hamda ularning murabbiylari munosib taqdirlandi.






