“Inno” texnoparkida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-10-08 16:04:24 / Yangiliklar

“Inno” texnoparkida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev hamda Olmazor tumani hokimi Kudratilla Tulyaganov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, shuningdek, probatsiya nazoratidagi yoshlar ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga keng jalb etish, probatsiya nazoratidagi yoshlarni jamiyatga moslashtirish, ularning mavjud muammolarini o‘rganish hamda ularni manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Probatsiya nazoratidagi yoshlarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish hamda yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha fikrlar bildirildi.





