Olmazor tumanida koreyalik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-03 17:26:41 / Yangiliklar
Bugun Olmazor tumani hokimligida Koreya Respublikasining KDA LLC kompaniyasi rahbari Yoo Deng Youn boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun Olmazor tumani hokimligida Koreya Respublikasining KDA LLC kompaniyasi rahbari Yoo Deng Youn boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Olmazor tumanida qurilish xomashyolari hamda quyosh panellari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.




