Jahon banki delegatsiyasi Olmazor tumanida bo‘ldi
2026-09-24 13:02:37 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida hokimlik tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalish doirasida Olmazor tumaniga Jahon banki delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xorijiy mutaxassislar Olmazor tumani hokimligining mas’ul shaxslari hamrohligida “Eski shahar” hududining mavjud holati, infratuzilmasi va sayyohlik salohiyatini atroflicha o‘rganib chiqdilar.
Poytaxtni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq, yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda ushbu hudud uchun yagona konsepsiya hamda istiqbolli loyihalar portfelini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Xalqaro hamkorlar bilan olib borilayotgan qo‘shma maslahatlashuvlar va ekspert o‘rganishlari “Eski shahar”ning o‘ziga xos tarixiy qiyofasini asrab-avaylagan holda, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun zamonaviy hamda qulay shahar muhitini yaratishga xizmat qiladi.




