Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 35-sessiyasi o‘tkazildi
2026-09-08 19:16:12 / Yangiliklar
Sessiyada saylov natijalari, doimiy komissiyalar tarkibi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va tashqi yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

8-sentabr kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidan bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga o‘tkazilgan saylov natijalari, Kengash doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari o‘rin oldi.
Shuningdek, tumandagi tashqi yoritish tarmoqlarining holati, 2026-yilda amalga oshirilayotgan ishlar va hududlarni yoritish bilan ta’minlash samaradorligi muhokama qilindi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
