Olmazor tumani Xalq qabulxonasida fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-09-08 11:08:09 / Yangiliklar
Qabulda bandlik, pensiya va boshqa iqtisodiy masalalarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Olmazor tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J. Mahmudjonov fuqarolarni qabul qildi.
Qabul davomida bandlik, pensiya va boshqa iqtisodiy masalalarga oid murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

