Olmazor tumani Xalq qabulxonasida xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi
2026-08-26 13:00:00 / Yangiliklar
Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Xashimova Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, oilaviy masalalar, davolanishga ko‘mak berish hamda boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Bildirilgan murojaatlarni o‘rganib chiqib, ularni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi va amaliy choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning dardu tashvishlarini tinglash va ularning muammolariga yechim topish — doimo e’tiborda!