Xotin-qizlar murojaatlari – e’tibor va amaliy yechim markazida
2026-08-19 14:25:04 / Yangiliklar
Olmazor tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida fuqorolar qabuli Xalq qabulxonasida tashkil etildi.

Olmazor tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida fuqorolar qabuli Xalq qabulxonasida tashkil etildi.
Qabulda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xashimova ishtirok etib, aholi murojaatlarini tingladi.
Muloqot ruhida o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiyot hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi hamda ijrosi nazoratga olindi.



