Mustaqil yurt mahallasida xotin-qizlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi
2026-08-12 18:34:47 / Yangiliklar

Inson manfaati va aholi roziligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida eshitish va amaliy yechim topish borasida tizimli ishlar izchil davom etmoqda.
Shu maqsadda bugun Olmazor tumani Mustaqil yurt maxallasida tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xashimovaning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, davolanish bog‘liq masalalar, subsidiya olish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa mas’ul tashkilotlar ishtirokida nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash uchun aniq muddatlar belgilab berildi.


