Hokim o`rinbosarlari fuqarolar bilan muloqot qildi
2026-09-17 17:00:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosarlari rahbarligida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda mahalliy aholining turmush tarzini yaxshilash, ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalarga qaratilgan murojaatlari tinglandi.
Jrayonda tegishli mas’ul tashkilotlar va idoralar rahbarlari bevosita ishtirok etib, ko‘tarilgan muammolarning aksariyatini joyida hal etilishini ta’minladilar. Qabul davomida muddat talab etadigan masalalar nazoratga olinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.



