Yoshlar bilan muloqot qilindi
2026-09-17 17:00:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar 1-sonli politexnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish, ularning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda turli salbiy ta’sirlarga berilmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

