Yo`l harakati qoidasi – umr foydasi
2026-09-18 15:05:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar 4-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan targ‘ibot-profilaktik suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida o‘quvchilarga yo‘lni belgilangan joylardan kesib o‘tish, svetofor va yo‘l belgilariga amal qilish hamda ko‘chada harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

