TAYINLOV
2026-09-20 14:00:00 / Yangiliklar

Alimov Novro‘zbek Sherali o‘g‘li O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Olmaliq shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
N. Alimov 1991-yil 28-martda Ohangaron tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2015-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan. Faoliyati davomida bir qator mas’ul vazifalarda ishlagan. Tayinlovga qadar Olmaliq shahar Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
