Fuqarolar murojaatlari IIB boshlig‘i e’tiborida!
2026-08-16 17:15:00 / Yangiliklar

Bugun Olmaliq shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sherzod Shermatov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning turli mavzulardagi murojaat va takliflari tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qabuldan so‘ng Sherzod Shermatov hududlarni aylanib, fuqarolar bilan muloqot qildi. Suhbatlar davomida fuqarolarning yashash sharoiti, mavjud muammolari va takliflari o‘rganilib, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududlarda tartib-intizomni mustahkamlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.


