O‘quv-taktik mashg‘uloti o`tkazildi
2026-08-18 16:35:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda shahar FVqDTlari hamkorligida OKMK stadionida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbiriga tayyorgarlik doirasida o‘quv-taktik mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy favqulodda holatlarga tezkor va samarali javob qaytarish choralari ko‘rib chiqildi.




