Tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash yo`lida
2026-08-19 18:35:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar hokimining har galgi tadbirkorlar qabulida qanchadan-qancha ishbilarmonlarning muammolari o‘z yechimini topib, yangi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Muntazam ravishda tashkil etilayotgan bu kabi ochiq muloqotlar hududda biznes muhitini yanada yaxshilash, mavjud to‘siqlarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda tadbirkorlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bugungi qabul ham murojaatlarga boy bo‘ldi. Shahrimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar kredit olish, yer maydoni ajratish, infratuzilma obyektlariga ulanish va faoliyatni kengaytirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Qabul davomida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar shahar rahbariyatining qat’iy nazoratiga olindi.

