Barhayot Meliyev Olmaliq shahar Kengashi deputati sifatida rasman tasdiqlandi
2026-08-19 18:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 16-avgustida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni uchun saylov bo‘lib o‘tgan edi. 11-“Mustaqillik” saylov okrugida o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Olmaliq shahar bo‘limi Kengashi tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan Meliyev Barhayot Baxtiyorjonovich eng ko‘p ovoz to‘plab, shahar Kengashi deputati etib saylandi.
Bugun, 19-avgust kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari 50-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada deputatlikka saylangan nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Saylov komissiyasi raisi Bahodir Do‘simbetovning saylov natijalari to‘g‘risidagi axborotidan so‘ng deputatlar Barhayot Meliyevning nomzodini ma’qullab ovoz berishdi.






